O‘zbekiston | 10:57 / 15.07.2022
26080
2 daqiqa o‘qiladi

OTV o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq hujjatlar qayta tekshirilishini ma’lum qildi

O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi. 

Foto: Kun.uz

2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar elektron tizimlar orqali qabul qilinadi.

Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, ular quyidagilar:

  • transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
  • my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan.

Qabul 2022 yil 15 iyuldan 5 avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar:

ariza (onlayn tarzda)
transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

Joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki «perevod» uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi. Agarda ushbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan, oliy ta’lim muassasasida qarzdorliklar mavjud bo‘lsa, talaba o‘tish ballidan yuqori ball to‘plagan taqdirda ham unga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Mavzuga oid