Rossiya IIV jurnalist Yevgeniy Kiselevni qidiruvga berdi
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi qidiruvdagi shaxslar ma’lumotlar bazasida Kiselevning kartasi paydo bo‘ldi. Jurnalistga qaysi modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, nima sababdan uning doirasida qidiruv e’lon qilingani aytilmagan.
Ukrainada yashovchi jurnalist va mediamenejyer Yevgeniy Kiselev Rossiyada qidiruvga berildi. Uning kartasi Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi qidiruvda bo‘lgan shaxslar ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» 15 iyul, juma kuni. Kiselevga qaysi moddaga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, u nega qidirilayotgani aytilmagan.
Yevgeniy Kiselev - sovet, rus va ukrainalik jurnalist va siyosiy kuzatuvchi. Yillar davomida u Rossiyaning NTV, TNT, TV-6 telekanallarida mualliflik dasturlari boshlovchisi sifatida ishlagan. 2000-2001 yillarda NTV telekanalining bosh direktori va bosh muharriri bo‘lgan. Keyinchalik u «Exo Moskvy» radiostansiyasida va RTVI xalqaro telekompaniyasining efirida dasturlarni olib bordi. 2008 yildan beri Kiselev Ukrainada yashaydi va ishlaydi, hozirda u «Ukraina 24» telekanalining boshlovchisi.
2022 yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi jismoniy shaxslar - xorijiy agentlar reyestrini tuzdi. Unga birinchi bo‘lib Yevgeniy Kiselev va jurnalist Matvey Ganapolskiy kiritildi.
Mavzuga oid
19:17
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
11:34
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
10:30