Iqtisodiyot | 07:52 / 16.07.2022
16922
1 daqiqa o‘qiladi

Bozorlarda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshdi

Nukus shahridagi dehqon bozorida 45 000 so‘mdan mol go‘shti sotilmoqda.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi

O‘zbekiston dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan. 

2022 yil 14 iyul holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45 000 – 77 000 so‘m;
qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 89 000 so‘m;
kartoshka (1 kg) ➖ 2000 – 7000 so‘m;
piyoz (1 kg) ➖ 3000 – 7500 so‘m;
sabzi (1 kg) ➖ 1300 – 6000 so‘m;
tuxum (10 dona) ➖ 7000 – 15 000 so‘m;
guruch (1 kg) ➖ 5000 – 22 000 so‘m;
o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 15 500 – 30 000 so‘m;
shakar (1 kg) ➖ 11 000 – 18 000 so‘m.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mavzuga oid