Germaniya 2024 yilga borib Rossiya energiyasiga qaramlikdan qutulmoqchi
Robert Habekning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya suyultirilgan tabiiy gaz qabul qilish infratuzilmasini rivojlantirmoqda, boshqa energiya manbalaridan foydalanmoqda.
Germaniya vitse-kansleri, iqtisodiyot vaziri Robert Habek mamlakat Rossiya energiyasiga qaramlikdan "yashin tezligida" qutulayotganini aytdi.
"Biz Rossiya gaziga qaramligimiz bois yirik energetik inqirozni boshdan kechiryapmiz, ammo bu qaramlikdan yashin tezligida qutulmoqdamiz. Bu qaramlikka o‘nlab yillar davomida tushdik. Ushbu qaramlikdan bir necha oy va yillar ichida qutulmoqchimiz", - dedi Habek.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun Germaniya suyultirilgan tabiiy gaz qabul qilish infratuzilmasini rivojlantirmoqda, boshqa energiya manbalaridan foydalanmoqda, vodorod yonilg‘isidan foydalanish texnologiyasini jadal rivojlantirmoqda.
"Biz bu yilgi va kelasi qishda chidab bersak, shu davr ichida tezkor transformatsiyaga erishamiz", - dedi Habek.
Mavzuga oid
11:24 / 13.01.2025
Sun’iy idrok ko‘krak bezi saratonini an’anaviy skriningdan yaxshiroq aniqlay oldi
10:04 / 13.01.2025
YeK Ilon Maskni Germaniya saylovlariga aralashmaslik haqida ogohlantirdi
08:04 / 12.01.2025
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus bo‘linma tashkil etiladi
21:30 / 11.01.2025