O‘zbekiston | 13:11 / 04.08.2022
2984
1 daqiqa o‘qiladi

Yil boshidan buyon 4,4 mlrd so‘mlik qalbaki va sifatsiz dori vositalari olib qo‘yildi

Joriy yilning o‘tgan davrida dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan tashqarida realizatsiya qilish, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dorilar muomalaga kiritilishi oldini olish yo‘nalishda 82 ta huquqbuzarlik aniqlanib, natijasiga ko‘ra 56 ta jinoiy hamda 26 ta ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, huquqbuzarlar tomonidan muomalaga kiritilishi mo‘ljallangan 4,4 mlrd so‘mlik sifatsiz va qalbaki dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari yoki psixotrop moddalarni tayyorlash, saqlash va o‘tkazish bilan bog‘liq 52 ta jinoyat aniqlanib, 272 mln so‘mlik ushbu turdagi preparatlar noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olingan.

“Agarda siz, dori vositalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish holatlariga duch kelsangiz yoki kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarni noqonuniy taklif qilayotgan shaxslar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning 71-233-10-07 raqamli ishonch telefoni yoki www.new-department.uz rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid