07:37 / 20.08.2022
3046

Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari 17-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil 19 avgust kuni Toshkentda O‘zbekistonning Shanhay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) raisligi doirasida tashkilotga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari 17-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda a’zo davlatlar va kuzatuvchi davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari, ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kotibiyati va ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm, ekstremizm, qurol va giyohvand moddalar noqonuniy savdosiga qarshi kurashish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

ShHT xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi 2004 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va ko‘p tomonlama hamkorlik muvofiqlashtiruvchi-maslahat mexanizmi hisoblanadi. Birinchi uchrashuv 2004 yil 4 iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

ShHTga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari 16-yig‘ilishi 2021 yil 23 iyun kuni Dushanbe shahrida (Tojikiston) bo‘lib o‘tgan.

Mavzu
Samarqandda ShHT sammiti
15–16 sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti tashkillashtiriladi.
Barchasi
Top