O‘zbekiston | 12:00 / 29.08.2022
20880
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida sarkarda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga tashrifi chog‘ida Urganch shahrida markaziy maydon barpo etish va unda Jaloliddin Manguberdining mahobatli haykalini o‘rnatish, shaharda 1000 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy san’at saroyini qurish tashabbusini bildirgan edi. 

Urganch shahrining al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasida joylashgan ushbu maydon kompozitsiyasi asosini Jaloliddin Manguberdining ot ustida turgan holati aks etgan, balandligi 25 metrlik haykali tashkil etadi. 

Maydonga tutash holda muhtasham san’at saroyi barpo etildi. 

Mavzuga oid