11:01 / 08.09.2022
7940

Toshkentda do‘stlari bilan mashinani hujjatsiz haydagan 17 yashar bolaning onasi jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lish uchun qoidalarni chetlab o‘tgan fuqaroga qonuniy chora ko‘rildi.

Foto: IIBB YHXB

2022 yil 5 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda tarqalgan, Chilonzor tumanidagi maktablardan biri oldida Cobalt rusumli transport vositasini maktab o‘quvchisi boshqargani aks etgan videolavha tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum qilinishicha, bu harakatlarni Toshkent shahar Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi, voyaga yetmagan, 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro A.N. sodir etgani aniqlangan. 

Shuningdek, A.N.ning onasi X.K.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) hamda 135-moddasi 2-qismi (Transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslar shu vositalarni boshqarishi, boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarish topshirilishi)ga muvofiq ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Qayd etilishicha, avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Top