Erdo‘g‘an Samarqandda Putin bilan uchrashuvdan so‘ng qanday xulosaga kelganini aytdi
16 sentabr kuni Turkiya va Rossiya prezidentlari Samarqandda muzokara o‘tkazdi.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Rossiya prezidenti bilan uchrashganidan so‘ng, Vladimir Putin Ukrainadagi urushni imkon qadar tezroq tugatishni xohlaydi, degan xulosaga keldi.
«O‘zbekistonda Putin bilan keng ko‘lamli muzokaralar o‘tkazdik. U menga buni imkon qadar tezroq tugatishga tayyor ekanligini aytdi. Bu mening taassurotim, chunki vaziyat juda muammoli rivojlanmoqda», dedi u Amerikaning PBS telekanaliga bergan intervyusida.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, u «bu jangni tinchlik bilan yakunlash»ga intilmoqda.
«Bu insonlar halok bo‘lishiga olib kelgan mojaro. Odamlar o‘lmoqda va oxir-oqibat hech kim g‘alaba qozona olmaydi», deya qo‘shimcha qildi u.
Turkiya rahbari, shuningdek, Moskva va Kiyev 200 nafar asirni almashish bo‘yicha kelishuvga erishganini aytdi.
Mavzuga oid
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024