O‘zbekiston | 10:34 / 21.09.2022
5457
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Shvetsiya yashil iqtisodiyot sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Stokholmda innovatsiya sohasidagi O‘zbekiston-Shvetsiya hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston muvaqqat ishlar vakili Nodir G‘aniyev Shvetsiya Tadbirkorlik va innovatsiyalar vazirligi Agrar masalalar departamenti bosh direktori Yoxan Kraft hamda Yevropa ittifoqi va xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Kerolayn Tornemo bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Muzokaralar chog‘ida innovatsiya, raqamlashtirish, yashil iqtisodiyot va axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston-Shvetsiya hamkorligini yo‘lga qo‘yish istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

O‘zaro muloqot chog‘ida Shvetsiya innovatsiyalar vazirligi bo‘linmalari O‘zbekiston vakillari bilan amaliy aloqalarni o‘rnatishdan manfaatdor ekani bildirildi.

O‘zbekiston va Shvetsiyada innovatsiya texnologiyalari va iqtisodiy siyosat masalalariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya va ilmiy-amaliy tadbirlarda ikki mamlakat ekspertlari ishtirokini yo‘lga qo‘yish har ikki tomonga birdek naf keltirishi ma’lum qilindi.

Mavzuga oid