10:25 / 23.09.2022
3212

Toshkentda 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetkazilgan

Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda hozirga qadar foydalanib kelinayotgan arxitektura yodgorliklari ahvoli Toshkent shahrida o‘rganildi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Mahkama xabariga ko‘ra, poytaxtda mavjud 290 ta tarixiy binolar 167 tasi tashkilot va idoralar tomonidan foydalanilmoqda. O‘rganishlar foydalanuvchilar tomonidan obektlardan noto‘g‘ri foydalanish va zarar yetkazish holatlari mavjudligini ko‘rsatdi.

Jumladan, o‘zboshimchalik bilan 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetkazgan holda 818 dona konditsioner hamda 20 ta obektga 36 ta soyabon va banner o‘rnatilgan. Masalan, davlat muhofazasiga olingan Toshkent iqtisodiyot universiteti binosiga 30 ta, Fanlar akademiyasiga 49 ta yoki Transport universitetiga 98 ta konditsioner o‘rnatilgan.

Nazorat tadbirlarida 21 ta obektdagi qonunbuzilish holatlari foydalanuvchilar o‘zi tomonidan bartaraf etilishi ta’minlangan. Shu bilan birga, 25 ta obekt foydalanuvchisiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilib, sudlarga yuborilgan.

“O‘zarxiv”, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, Ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi, “Geologiya muzeyi”, “BoshplanLITI” korxonasi va boshqa idoralar mas’ul shaxslari javobgarlik masalasi hal etilgani aytiladi.

Mavzuga oid
Top