13:40 / 28.09.2022
8623

Toshkent shahrida oshxona yonib ketdi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi.

Videodan kadr

Bugun, 28 sentabr kuni soat 10:07 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Muxtor Ashrafiy ko‘chasida joylashgan oshxonalarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:12 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:29 da qurshab olingan va soat 10:41 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida oshxonaning taxminan 100 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top