10:47 / 08.10.2022
18667

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘zgardi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi.

Foto: iiv.uz

IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti xabariga ko‘ra, polkovnik Sanjar Bo‘ronovich Jabborov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sanjar Jabborov Namangan viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2021 yilning iyun oyi o‘rtalarida Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Bo‘ronov Shavkat Mavlonov o‘rniga Sirdaryo viloyati IIBga boshliq bo‘lgandi.

Shavkat Mavlonov 2019 yilning iyunida Ilhom Qutlimuratov o‘rniga Sirdaryo viloyati IIBga boshliq bo‘lgandi. 

Top