07:18 / 10.10.2022
31385

Maxtumquli ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida ikki kishining o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2022 yil 9 oktabr kuni soat 20:30 larda Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi 79-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Haydovchilar: 1981 yilda tug‘ilgan V.Sh. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli transport vositasi, 1992 yilda tug‘ilgan R.M. boshqaruvidagi BMW rusumli transport vositasi, 1992 yilda tug‘ilgan T.I. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli transport vositasi va 1999 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid
Top