10:41 / 21.10.2022
5361

MDH davlatlari Saylov organlari rahbarlari maslahat kengashi tashkil etilyapti 

14 oktabr kuni Ostona shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida MDH ishtirokchi davlatlari Saylov organlari rahbarlari maslahat kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

MDH doirasida maslahat organini tashkil etish tashabbusi hamdo‘stlikka a’zo davlatlar saylov organlari o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ilgari surilgan. 

Maslahat kengashi MDHga ishtirokchi davlatlar qonunchiligi va xalqaro majburiyatlari doirasida saylov va referendum o‘tkazish tajribasini hisobga olgan holda, ularda saylov jarayonini takomillashtirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilmoqda.

MDH davlatlari markaziy saylov komissiyalari rahbarlaridan iborat bo‘lgan maslahat kengashi o‘z faoliyati davomida MDH ishtirokchi davlatlari saylov organlari o‘rtasida saylov sohasidagi hamkorligini rivojlantirish, siyosiy jarayonlarni takomillashtirish, fuqarolar saylov huquqlari va erkinliklarini ta’minlash hamda himoya qilish, demokratik saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga ko‘maklashadi.

Top