09:41 / 21.10.2022
5531

O‘zbekiston elektr stansiyalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari tasdiqlandi 

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz

Qoidalarga muvofiq, qurilishi tugallangan IES, GES, QES, ShES va boshqa elektr ishlab chiqaruvchi stansiyalar ekspluatatsiyaga qabul qilinishi kerak.

Ekspluatatsiyadan oldin quyidagilar amalga oshiriladi: uskunalar individual sinovlari, asosiy va yordamchi uskunalar sinov tarzida ishga tushirilishi bilan tugaydigan energobloklar uchun alohida tuzilmalar funksional sinovlari; uskunalar kompleks sinab ko‘rilishi.

Energetika obektlarida ishlashga maxsus ma’lumotga ega va tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga ruxsat beriladi. Tezkor va tezkor-ta’mirlash xodimlari kamida 3 oyda bir marta avariyaga qarshi nazorat mashg‘ulotlarini o‘tishlari shart.

Qoidalarda energetika obektlari ekspluatatsiyasini tashkil etish ustidan texnik va texnologik nazorat qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va modernizatsiya qilish tartibi belgilangan.

Top