08:01 / 22.10.2022
38205

Sirdaryo viloyatidagi Mudofaa vazirligi omborida portlash sodir bo‘ldi

Sirdaryo viloyatidagi omborda portlash bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 22 oktyabr kuni soat 04:55 da Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligi omborida yakka tartibda portlash sodir bo‘lgan.

Vazirlik xabariga ko‘ra, talafot ko‘rganlar va jabrlanganlar yo‘q. 

Ma’lum qilinishicha, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Vazirlik ushbu omborda nimalar saqlanganiga hozircha aniqlik kiritmagan.

Top