09:44 / 24.10.2022
3306

O‘zbekiston va General Electric IESlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston Energetika vazirligida General Electric kompaniyasining Rossiya va MDH bo‘yicha prezidenti Bela Ferensi bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Foto: Dunyo

Uchrashuvda mavjud issiqlik elektr stansiyalari xizmat ko‘rsatish xo‘jaligini rivojlantirish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mavjud uskunalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishda General Electric kompaniyasi yuqori malakali mutaxassislari rahbarligida kadrlar tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida ko‘rib chiqilgan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Top