O‘zbekiston | 16:38 / 28.10.2022
17169
1 daqiqa o‘qiladi

Sharl Mishel «Ko‘ksaroy» qarorgohi Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida "Ko‘ksaroy" qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu ezgu an’ana O‘zbekiston-YeI munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan oliy darajadagi muzokaralarning natijalarini mustahkamlaydi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun oliy martabali mehmon Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining O‘zbekistondagi yangi ofisi ochilishida ishtirok etishi, Samarqand shahrining tarixiy-me’moriy obidalari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu bilan Yevropa kengashi raisi Sharl Mishelning mamlakatga tashrifi yakunlanadi.

Mavzuga oid