O‘zbekiston | 17:48 / 04.11.2022
6396
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand aeroportidagi 8-12 noyabr kunlariga belgilangan qatnovlar Navoiy aeroportiga ko‘chirildi

«Uzbekistan Airways» Samarqand shahridan belgilangan xalqaro qatnovlarni Navoiy shahri aeroportiga ko‘chirgan. Farg‘ona vodiysidan Samarqandga amalga oshiriladigan mahalliy qatnovlar esa vaqtinchalik bekor qilingan.

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 8-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan Samarqand xalqaro aeroporti vaqtincha yopilishi aytilgandi.

«Uzbekistan Airways» AJ axborot xizmatining xabar berishicha, Samarqand xalqaro aeroportining texnik sabablarga ko‘ra joriy yil 2022 yil 8 noyabr soat 00:01dan 12 noyabr soat 00:01gacha «Uzbekistan Airways» AJning rejalashtirilgan bir qator qatnovlari Navoiy shahri aeroportidan amalga oshiriladi. Jumladan:

  • HY045/046 Toshkent – Samarqand – Toshkent;
  • HY9605/9606 Samarqand – Moskva – Samarqand;
  • HY639 Samarqand – Sankt-Peterburg;
  • HY639/640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand;
  • HY275/276 Samarqand – Istanbul – Samarqand aviaqatnovlarining yetib kelishi va jo‘nab ketishi Navoiy xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.

Shuningdek:

  • HY 049/050 Andijon – Samarqand – Andijon;
  • HY072/071 Farg‘ona – Samarqand – Farg‘ona aviaqatnovlari esa bekor qilinadi.

«Yo‘lovchilar bekor bo‘lgan parvozlar chiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid