Yirik investitsiya loyihasi uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish reglamenti o‘zgaradi

Foto: Shutterstock
Vazirlar Mahkamasining “Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish ma’muriy reglamentiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida hududlarni mutanosib rivojlantirish, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida, qiymati 10 mln dollardan ortiq bo‘lgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratishda loyiha tashabbuskori tomonidan avvaldan maxsus hisobraqamga joylashtiriladigan loyiha qiymati 10 foiziga teng qismini kamida 1 foizga tushirish nazarda tutilgan.
Qoraqalpog‘iston investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida, Qoraqalpog‘iston hududida yirik investitsiya loyihasi uchun belgilangan loyiha qiymatini kamida 5 million AQSh dollari ekvivalentida belgilash mo‘ljallangan.
Bundan tashqari loyihada, Qoraqalpog‘iston hududida – 2022 yil 15 sentabrdan boshlab 2025 yil 1 yanvarga qadar Qoraqalpog‘iston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ishchi organ deb belgilanishi nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

12:02 / 11.03.2025
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

19:13 / 07.03.2025
Toshkent va Samarqandda noyob minerallar texnoparki tashkil etilishi mumkin

16:39 / 06.03.2025
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi

19:03 / 04.03.2025