O‘zbekiston | 12:13 / 10.11.2022
11747
6 daqiqa o‘qiladi

«Ijro.gov.uz» – davlat tashkilotlari ishini yengillashtiruvchi samarali va shaffof tizim

Foto: Ijro.gov.uz

2021 yildan «Ijro.gov.uz» platformasi orqali qonunlar va prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilishning camarali tizimi joriy qilingan. Ayni vaqtda ushbu tizim davlat xizmatchilari uchun ularning ishini yengillashtirib, ularga yangi xizmatlarni taklif qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining ta’sirchan tizimini yaratishda «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi o‘rnini mustahkamlash, uning ahamiyatini yanada oshirish hamda samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida 2021 yil 1 maydan boshlab «Ijro.gov.uz» platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlanishi qulay usulda nazorat qilinishi yo‘lga qo‘yildi.

Tizim qulayligi shundaki, ushbu platforma orqali qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqayotgan topshiriqlarning aniq ijrochisi, ya’ni egasi, shuningdek ularni bajarish muddatlari ham aniq qilib ko‘rsatilib har bir topshiriq alohida nazoratga olinadi. Bu esa o‘z navbatida mas’ullarga qonunchilikda va prezident hujjatlarida belgilangan topshiriq va vazifalarni bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga yordam beradi.

Tizimdan foydalanish natijasida – topshiriqlar ijrosini samarali va rejali tashkil qilinadi, aniq mexanizmlar, muddatlar va mas’ullar belgilanadi, ijro intizomi mustahkamlanib, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati oshib boradi.

E’tiborga olish lozim bo‘lgan yana bir muhim holat ortiqcha qog‘ozbozlikning oldini olish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib samaradorlikni oshirishadi.

«Ijro.gov.uz» tizimiga davlat xizmatchilari va mahalliy hokimiyat vakillari uchun taqdim qilayotgan xizmatlar bu bilan cheklanib qolmaydi. Tizimga foydalanuvchilarni uchun bir qancha qo‘shimcha xizmatlar qo‘shib beriladi. Bularning eng asosiysi  idoraviy hamda idoralararo hujjatlar almashinuviga yordam beruvchi edo.ijro.uz elektron hujjat aylanish tizimi.

Ushbu platforma davlat tashkilotlari uchun taklif etilayotgan professional xizmat – tashkilotning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan tizimdan ko‘ra samarali va bir qancha afzalliklarga ega. Xususan:

-        Har bir vazirlik va idoralar o‘zlari uchun alohida tizim ishlab chiqish va joriy etish uchun milliardlab budjet mablag‘larini sarflamaydi;

-        Har bir hujjat elektron raqamli imzo kalitlari orqali tasdiqlanadi;

-      Ichki hujjatlar (ichki buyruqlar, nazorat rejalari va boshqa hujjatlar) ijro holatini monitoring qilib borish;

-        Tizimdan istalgan joydan turib foydalana olish;

-        Barcha davlat organlari o‘rtasida elektron hujjat almashinish;

-        tizimning muntazam ishlab turishi, kiberxavfsizligini ta’minlash uchun alohida xodimlar olish yoki alohida bo‘linma tashkil qilish shart emas;

-        serverdan (bulutdan) katta xotira maydoni sotib olish shart bo‘lmaydi;

-        IT sohasidagi professionallar xizmatidan foydalanadi.

Tizim bazasida elektron raqamli imzo yordamida imzolangan 20 milliondan ortiq yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlar mavjud. Bu raqamlar ortidan tejalgan juda katta va millionlab qog‘ozlarni tasavvur qilish mumkin. Ya’ni davlat hokimiyati vakillari hujjatni imzolashi uchun safardan yoki boshqa tadbirdan ofisga kelib o‘tirmaydi. Tizimga istalgan joydan yoki mobil telefonlaridan kirib, elektron raqamli imzo orqali tasdiqlaydi. Natijada boshliqni imzosiga xodimlar ham boshqa ishlar ham qarab qolmaydi. Bu vaqtning tejalishi va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, bugungi kunning dolzarb muammosi – kiberxavfsizlik masalasi tizimda muhim o‘rin tutadi. Elektron raqamli imzo orqali imzolagan holatlarda ham hujjatlarni Photoshop orqali o‘zgartirilgan va firibgarliklarga sabab bo‘lgan bir necha holatlarga guvoh bo‘ldik.

«Ijro.gov.uz» platformasida esa QR kod orqali to‘liq va asl hujjat bilan tanishib chiqish mumkin. Bu hujjatlarning yo‘qolishi va soxtalashtirilishining oldini oladi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda «Ijro.gov.uz» platformasidan 100 mingdan ortiq xodimlar foydalanib kelmoqda. Bularning orasida tizimdan to‘liq va samarali foydalanayotgan Moliya, AKT, Adliya, Iqtisodiyot va Sport vazirliklari hamda Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklarini keltirishimiz mumkin.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda fuqarolar uchun ko‘plab davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratilgan. Lekin bu tizimlarning har bir mayda detallari ishlab turishi uchun ko‘plab davlat xizmatchilari alohida platforma orqali kirib uni nazorat qilishi, javob berib turishi kerak bo‘ladi. «Ijro.gov.uz» platformasi esa fuqarolarga xizmat qilayotgan davlat xizmatchilariga qulaylik yaratadi va fuqarolarning murojaatlari tezkor yechim topishiga sabab bo‘ladi.

Batafsil ma’lumot: edo.ijro.uz

Telefon: 71 200 46 46 

Reklama