07:24 / 11.11.2022
5112

Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonun yangi tahrirda ishlab chiqildi

“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi e’lon qilindi.

“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasi 11 ta bob, 64 ta moddadan iborat. Qonun loyihasiga ilova sifatida davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladigan faoliyat turlari ro‘yxati, ekologik ekspertiza o‘tkazish muddatlari va davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazganlik uchun haq to‘lash tartibi va to‘lov miqdorlari belgilanmoqda.

Qonun loyihasida mazkur qonun maqsadi, ekologik ekspertiza sohasida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar, davlat ekologik ekspertizasi sohasida vakolatli davlat organlari va ular vakolatlari, davlat ekologik ekspertizasi ishtirokchilari huquq va majburiyatlari, davlat va jamoat ekologik ekspertizasini o‘tkazish tartibi, ekologik normativlar loyihasini ishlab chiqish va kelishish tartibi, davlat ekologik ekspertizasi xulosasini tuzish tartibi, davlat ekologik ekspertizasi xulosasini qayta rasmiylashtirish va amal qilishini to‘xtatish tartibi, strategik ekologik baholashdan o‘tkazish tartibi hamda jamoatchilik eshituvi va jamoatchilik ekologik ekspertizasiga oid normalar kiritilgan.

Qonun ilovalarida davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladigan faoliyat turlari ro‘yxati, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazganlik uchun undiriladigan haq miqdorlari hamda davlat ekologik ekspertizasi xulosasi, davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo‘yicha ekspert xulosasi namunaviy shakliga oid masalalar batafsil yoritilgan.

Mavzuga oid
Top