Sport | 21:52 / 13.11.2022
26730
2 daqiqa o‘qiladi

Avvalgilariga o‘xshamagan Superliga. Yakun va kelasi mavsum haqida #Boricha

Intrigalarga boyligi, deyarli har turda peshqadamlar o‘zgargani bilan yodda qolgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Chempionlikka 6 jamoa da’vogarlik qilayotgandi. Ammo 20-turlarga kelganda OKMK, «Qizilqum» va «So‘g‘diyona» «o‘yindan» chiqishdi. «Paxtakor», «Navbahor» va «Nasaf» o‘rtasidagi kurash esa so‘nggi turgacha davom etdi. Yakunda raqiblaridan tajribali bo‘lgan Toshkent jamoasi 15-bor chempionlikni qo‘lga kiritdi va logotipidagi yulduzlar sonini 3taga yetkazdi. «Dinamo» va «Qo‘qon-1912» Pro ligaga tushib ketdi, «Lokomotiv» esa yuqori divizionda qolish uchun o‘tish bahsida o‘ynaydi.

  • Xo‘sh, bir tur avval 1-o‘rinda turgan «Nasaf»ga peshqadamlikni saqlab qolish uchun nima yetishmadi?
  • «Paxtakor» nimaning hisobiga chempion bo‘ldi?
  • Babayan boshqaruvidagi «Navbahor» OChLda qanday qatnashadi? 
  • «Lokomotiv»ning maqsadi bormi?
  • Superligada intriga kuchaydi, ammo saviya-chi? 
  • Milliy jamoaga nega «Nasaf»dan ko‘proq o‘yinchilar chaqirilgan? Katanets nimani ko‘zlayapti?

Podkastimizda shu kabi savollarga javob berishga harakat qildik. Dastur mehmonlari — sharhlovchi Xayrulla Hamidov va jurnalist Jamoliddin Bobojonov.

Mavzuga oid