10:07 / 15.11.2022
7288

O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 2026 yilga borib 8 GVtga oshirmoqchi

Yevropaning EU Reporter axborot-tahlil portalida «Xorijiy investorlar O‘zbekistonda energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni olqishlashmoqda» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Kun.uz

Maqolada ta’kidlanganidek, energetika sohasi iqtisodiyot muhim qismi bo‘lib, 2021 yilda yalpi ichki mahsulot 17 foizini tashkil etdi. O‘zbekiston 2026 yilgacha qayta tiklanadigan energiya manbalaridan elektr energiyasi 25 foizini ishlab chiqarish majburiyatini olgan va 2050 yilga borib karbonat angidrid chiqindilarini nolga tenglashtirish bo‘yicha maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan.

«Hukumat qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish orqali yashil iqtisodiyotga erishishni maqsad qilgan energetika sektorini o‘zgartirish tarafdori. O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 2026 yilga borib 8 GVtga, 2030 yilga borib esa 12 GVtga oshirish niyatida», deya O‘zbekiston energetika vaziri birinchi o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayev so‘zlaridan iqtibos keltiradi EU Reporter.

Top