17:00 / 24.11.2022
9961

“Chegarasiz imkoniyatlar” - OSON PUBG MOBILE CUP kibersport turniri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yoshlarini “Chegarasiz imkoniyatlar” nomi bilan birlashtirgan tadbir OSON va boshqa hamkorlar bilan birgalikda tashkil etildi. Chempionatda mamlakatning barcha hududlaridan 300dan ortiq jamoalar ishtirok etishdi.

Poytaxtimizda 20 noyabr kuni Westminster universitetida PUBG MOBILE mobil turniri final bosqichi yakunlandi. Chempionatda jami 300 dan ortiq jamoa ishtirok etib, O‘zbekiston bo‘ylab eng zo‘r jamoa nomi uchun kurash olib bordilar.

 Mamlakatimizda kibersportga qiziqish har bir turnir bilan oshib bormoqda, har bir ommaviy tadbirda ishtirok etish istagida bo‘lganlar soni ham ortib bormoqda, buni ro‘yxatdan o‘tish uchun berilgan arizalarning rekord soni – 1500 dan ortiq jamoalar ham ko‘rsatmoqda.

Tadbirning yakuniy qismi Westminster universitetida bo‘lib o‘tdi. Soat 12:00 dan jamoalar o‘rtasida final bosqichiga saralash o‘yinlari boshlandi. Mahalliy kibersport tashkilotlari ham: Energy Gaming, Game Point, Everest gaming, Danger Espors va boshqalar yarimfinalga chiqdilar.

 Tadbir O‘zbekiston yoshlarining “Chegarasiz imkoniyatlar” nomi ostida bo‘lib o‘tdi, OSON, FRAG va boshqa hamkorlar bilan birgalikda jahon arenasida yosh o‘yinchilar uchun buyuk kelajakni ko‘rmoqda va o‘z kuchini ro‘yobga chiqarish uchun eng yaxshi sharoitlarni ta’minlashga harakat qilmoqda.

Turnir katta finalga chiqish uchun kurashayotgan 48 dan ortiq saralangan jamoaning yarimfinal bahslari bilan boshlandi. Turnirning so‘nggi bosqichi ochilishi OSON va musobaqa hamkorlarining tabrik so‘zlari bilan boshlandi. Jamoalar umumiy beshta bosqichdan birinchisini boshladilar.

 Tadbirning onlayn translatsiyasi ham bo‘lib o‘tdi. Twitch platformasida FRAG tomonidan tashkil etilgan jamoa har bir o‘yinning eng muhim voqealarini sharhlab, ko‘rsatib o‘tdi. O‘yinni 1000 dan ortiq odam tomosha qildi.

 Besh bosqich natijasiga ko‘ra, chempionat favoritlari aniqlandi. Everest gaming 74 ochko bilan so‘zsiz g‘olibga aylandi. O‘yinchilar chempionlik unvoniga sazovor bo‘lishdi.

Yaqinda O‘zbekistonda kibersportni rivojlantirish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi, shu munosabat bilan OSON ushbu yo‘nalishni tashkil etish va rivojlantirish borasida yanada ko‘proq harakatlarni amalga oshiradi. Shuningdek, kibersportning boshqa yo‘nalishlarida ishtirok etishga alohida e’tibor qaratiladi.

PUBG MOBILE o‘yinchilari uchun yaxshi yangilik: OSON orqali UC xarid qilganingizda 5 % keshbek oling. Ilovani yuklab olish uchun: https://app.oson.uz

Batafsil OSON tizimi sahifalarida kuzatib boring:

Facebook |  Instagram | Youtube |Telegram |App 

Reklama

Top