Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi namunaviy talabi e’lon qilindi

Foto: Shutterstock
“Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi.
Namunaviy talablar ish beruvchi hamda davlat fuqarolik xizmatchisi o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomasiga doir talablarni belgilaydi.
Davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligi asosida yozma shakllarda tuziladi. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlari siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi. Mehnat shartnomasida davlat fuqarolik xizmatini o‘tash asoslari va shartlari, davlat fuqarolik xizmatchisi huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi, davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar, uni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilishga taalluqli qoidalar ko‘rsatiladi.
Mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga va besh yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan muddatga tuziladi. Quyidagilar mehnat shartnomasi tomonlari hisoblanadilar: ish beruvchi – davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari; xodim – davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallayotgan shaxs.
Quyidagilar mehnat shartnomasi zarur shartlari hisoblanadi:
- xizmatni o‘tash ish joyi – davlat fuqarolik xizmatchisi shartnomada shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga ko‘ra mehnat faoliyatini amalga oshiradigan joy;
- ish boshlanish sanasi;
- egallanayotgan davlat fuqarolik xizmati lavozimi to‘liq nomi;
- davlat fuqarolik xizmatini o‘tash asoslari;
- davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan davlat fuqarolik xizmatini o‘tash o‘ziga xos xususiyatlari;
- tomonlar huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi;
- davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar;
- davlat fuqarolik xizmatchisi ish va dam olish vaqtlari;
- davlat fuqarolik xizmatchisi mehnatiga haq to‘lash va xizmatiga nisbatan qo‘shimcha rag‘batlantirish shartlari;
- davlat fuqarolik xizmatchisi rotatsiya qilish shartlari;
- davlat fuqarolik xizmatchisi intizomiy javobgarligi;
- davlat fuqarolik xizmatchisini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish;
- davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish asoslari;
- davlat fuqarolik xizmatchini o‘tash bilan bog‘liq nizolarni hal etish;
- shartnoma qo‘shimcha shartlari;
- tomonlar yuridik manzillari va rekvizitlari;
- davlat fuqarolik xizmatchisi bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan taqdirda muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslari.
Tomonlar kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasida quyidagi qo‘shimcha shartlar nazarda tutilishi mumkin:
- davlat fuqarolik xizmatchisi uchun ish beruvchi bilan qo‘shimcha kelishuv asosida to‘liqsiz ish kuni, to‘liqsiz ish haftasi, soatbay ish vaqti;
- doimiy yoki vaqtincha asosda masofadan turib ishlash, moslashuvchan ish rejimi yoki aralash ish rejimida ishlash;
- ishga qabul qilish chog‘idagi dastlabki sinov muddati haqida;
- davomiyligi o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmagan ish haqi saqlanmagan ta’tillar berilishi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezidentga eng oliy mukofot – Fransiyaga davlat tashrifi qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 11:51
-
Seriyali obligatsiyalar dasturiga talablar belgilandi
Iqtisodiyot | 11:29
-
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20
-
Germaniyada «katta koalitsiya» tuzish bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Jahon | 11:18
Mavzuga oid

09:48
Foydali qazilmalar va mudofaa sohasida hamkorlik, axborot almashinuvini kuchaytirish – O‘zbekiston-Fransiya strategik sheriklik shartnomasida nimalar ko‘zda tutilgan?

11:29 / 26.02.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida fuqarolar kelib-ketishi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritildi

14:47 / 25.02.2025
Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi

12:40 / 14.02.2025