07:49 / 28.11.2022
7466

O‘zbekistonda yosh toifasida nikoh qurganlar soni ma’lum qilindi

10 oyda 74,7 ming nafar qizlar 20 yoshgacha nikohdan o‘tgan 

Foto: Kun.uz

2022 yil yanvar-oktabr oylarida yosh toifasida nikoh qurganlar soni to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshgacha bo‘lganlar orasida ayollar – 74 718 nafarni, erkaklar – 2 549 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘z navbatida, 20-30 yoshgacha nikoh qurganlar sonida ayollar – 137 165 nafarga, erkaklar – 194 426 nafarga teng.

Bundan tashqari, 31-40 yoshgacha bo‘lganlar orasida ayollar – 16 960 nafarni, erkaklar – 24 849 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 41-50 yoshgacha nikoh qurganlar soni ayollarda – 3 560 nafarga, erkaklar – 6 993 nafarga teng.

51 yosh va undan kattalar orasida nikoh qurganlar ko‘rsatkichida ayollar – 1 156 nafarni, erkaklar – 4 742 nafarni tashkil etyapti.

Mavzuga oid
Top