Hafta davomida sovuq ob-havo saqlanib turadi
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, shimolda 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.
Ertaga faqat respublika sharqiy hududlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kechasi va kun birinchi yarmida qor yog‘adi.
Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, respublika shimoliy hududlarida kechasi 13-15 daraja sovuq, ba’zi joylarda 20 daraja sovuqqacha, kunduzi 4-9 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.
So‘ng ish haftasi oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublika janubi-sharqiy hududlarida, asosan tog‘oldi va tog‘li hududlarda 7-8 dekabr kunlari ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.
Havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqni, ba’zi joylarda 10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3 daraja sovuq - 2 daraja iliqni, respublika shimoliy hududlarida kechasi 8-13 daraja sovuqni, ba’zi joylarda 15-20 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuqni tashkil etadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi, yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

19:27 / 25.06.2025
Iyul havosi turlicha bo‘ladi: ob-havo prognozi

13:20 / 23.06.2025
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati biroz pasayadi

10:45 / 23.06.2025
O‘zbekiston janubida harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilyapti

17:56 / 20.06.2025