02:00 / 05.12.2022
19382

JCh-2022. Angliya Senegalni yirik hisobda mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi

Foto: AFP

«Al-Bayt» stadionida kechgan 1/8 final doirasidagi 4-uchrashuv ham yakuniga yetdi.

Angliya milliy jamoasi Senegalga qarshi saf tortib, yirik hisobda zafar quchdi. Henderson Bellingemning uzatmasidan keyin hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim yakunida Keyn ham turnirdagi dastlabki golini kiritdi – 2:0. 

Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida esa Fodenning o‘yindagi ikkinchi golli uzatmasidan Saka foydalanib, hisobdagi farqni yiriklashtirdi – 3:0.

Shu tariqa, Angliya Senegalni uyiga ravona qildi va chorakfinal doirasida Fransiyaga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. O‘yin 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

JCh-2022. 1/8 final. 4 dekabr
Angliya – Senegal 3:0
Gollar:
1:0 – 38 Henderson, 2:0 – 45 Keyn, 3:0 – 57 Saka.
Angliya – Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz (Dayyer, 77), Shou, Henderson (Fillips, 82), Rays, Bellingem (Maunt, 76), Foden (Grilish, 65), Saka (Reshford, 65), Keyn.
Senegal – Mendi, Sabali, Kulibali, Diallo, Yakobs (Ballo-Ture, 84), Mendi, Siss (Guyye, 46), Ndiay (Deng, 46), Sarr, Diatta (Sarr, 46), Dia (Dediu, 72).
Ogohlantirishlar: Kulibali (76).

Mavzu
Qatar-2022
20 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlandi.
Barchasi
Top