23:25 / 06.12.2022
33416

Toshkentda qiymati 1,1 mln dollarlik moliyaviy piramida yaratgan yigit ushlandi 

23 yoshli yigit yuqori foiz bilan qaytarishni va’da qilib, 50 dan ortiq odamdan katta miqdorda pul yig‘ib olgan. 

Yashnobod tumani IIB organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga kelib tushgan murojaat asosida 1999 yilda tug‘ilgan yigit gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanali efirida lavha berildi. 

Qayd qilinishicha, yigit 50 nafardan ortiq fuqarodan 15 kundan 30 kungacha muddat davomida pullarni 18-23 foizga ko‘paytirib, qaytarishni va’da qilib, 1 mln 100 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgan.  

«2020 yil fevral oyida «ko‘chadan» qarzim bo‘lgan. Shuni yopish maqsadida pul olganman. Bu 2022 yil iyun oyigacha davom etgan. Birinchi marta 2065 dollar aldab olganman. 30 foiz qo‘yib sotaman, 20 foizi seniki deganman. 10 milliardga yaqin pul oldim, 8 milliardga yaqinini qaytardim. 2 milliardga yaqinini o‘z ehtiyojlarimga ishlatib yuborganman. Hammasi o‘zimning tanishlarim bo‘lgan», deydi yigit lavhada. 

Top