14:27 / 12.12.2022
5310

«Ilhom» teatrida yong‘in yuz berdi

Toshkent shahrida joylashgan «Ilhom» teatrida yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Qayd etilishicha, bugun, 12 dekabr kuni soat 03:34 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani «O‘rda» MFY, Paxtakor ko‘chasida joylashgan «Ilhom» teatri binosida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:39 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:58 da qurshab olingan va soat 04:00 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida teatr binosi 1-qavat hollining 80 kvadrat metr maydonda ichki qismi va jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar sababli yong‘indan binoning 600 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top