19:44 / 17.12.2022
12099

Navoiy viloyati hokimi senatorlikka saylandi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Oliy Majlis Senati a’zosi bo‘ldi.

Bugun Navoiy shahrida xalq deputatlari Navoiy viloyati, tuman va shahar kengashlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz’ga hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Qo‘shma majlisda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ishtirok etgan va nomzodni saylash tartibi to‘g‘risida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot bergan. Qo‘shma majlisga xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Jamoliddin Hamroyev raislik qilgan.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi
Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Senat a’zoligiga Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov nomzodi ilgari surilgan hamda yashirin ovoz berish jarayonlari o‘tkazilgan. Sanoq komissiyasi xulosasiga ko‘ra, qo‘shma majlisda 312 nafar deputat qatnashib, ulardan 309 nafari nomzodni yoqlab ovoz bergan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil noyabr oyidan buyon viloyatga rahbarlik qilib kelayotgan Normat Tursunov 2022 yil 25 noyabr kuni Navoiy viloyati hokimi etib tasdiqlangandi.

Top