12:10 / 19.12.2022
3274

O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan Koreyaning 5 ta kompaniyasi taqdirlandi

Poytaxtda O‘zbekiston-Koreya korporativ ijtimoiy mas’uliyat bo‘yicha forumi va Janubiy Koreya kompaniyalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Tadbir doirasida 2022 yilda Janubiy Koreya kompaniyalari mamlakat ijtimoiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan kompaniyalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Koreya elchixonasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali eng yaxshi 5 ta koreys kompaniyalari nomini aniqladi.  

POSCO International, GKD (Global KOMSCO Daewoo), Eurasia Networks Group, Hyundai Engineering, KDB Bank Uzbekistan kompaniyalari «Korporativ ijtimoiy mas’uliyat orqali O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» nominatsiyasi bo‘yicha maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Top