Rim papasi: Ukrainadagi urush tez orada tugamaydi
Rim katolik cherkovi rahbari Fransisk Ispaniyaning ABC gazetasiga intervyu berdi. Unda u urush tez orada tugamasligi haqida aytib o‘tdi.

Foto: Reuters
«Ukrainadagi urushning yaqin kelajakda tugashini kutmayapman, chunki bu - global urush», — dedi Rim katolik cherkovi rahbari Fransisk.
Uning ta’kidlashicha, «ko‘plab odamlar urushda qatnashishga aloqadordir».
«Urush imperiya zaiflasha boshlaganda olib boriladi. Qo‘llash, sinovdan o‘tkazish va sotish kerak bo‘lgan qurollar mavjud bo‘lganda ham», - deya qo‘shimcha qildi pontifik.
Bundan oldin Rim papasi Fransisk Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilishga tayyorligi ma’lum qilingandi. Bu haqda Italiyaning La Stampa gazetasi xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Vatikan o‘z hududini tegishli muzokaralarni o‘tkazish uchun neytral joy sifatida taklif qilyapti.
Bunday tashabbusga tayyorlik Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning 24 oktyabr kuni Vatikanda Fransisk bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qilindi.
Mavzuga oid

22:32 / 08.05.2025
Amerikalik kardinal yangi Rim papasi etib saylandi

21:51 / 08.05.2025
Vatikanda kardinallar yangi Rim papasini sayladi

17:20 / 08.05.2025
Ukraina parlamenti AQSh bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi

15:30 / 08.05.2025