Xizmatlar sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi oshdi
2022 yil yanvar-sentabr oylarida xizmatlar sohasining yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi ulushi 40,3 foizni tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davrida 39 foizni tashkil etgan edi.
Taqqoslash uchun, joriy yilda xizmatlar sohasi yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga oshgan.
Bundan oldin qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi kamaygani xabar qilingandi.
2022 yil yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi ulushi 24,8 foizni tashkil etdi.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davrida 26,4 foizni tashkil etgan edi.
Mavzuga oid
21:11 / 19.12.2024
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari e’lon qilindi
13:44 / 21.11.2024
2025 yilda budjet taqchilligi qanday qoplanadi?
11:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda bu yil YaIM hajmi 110 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda
17:42 / 14.11.2024