20:12 / 22.12.2022
6948

Paxta, kungaboqar, makkajo‘xori va soya yog‘idan tashqari barcha o‘simlik yog‘larini eksport qilishga ruxsat berildi

Prezident farmoni bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Misr va Marokash davlatlariga gazlama va trikotaj mato mahsulotlarini eksport qilishda transport xarajatlarining 70 foizgacha qismini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish belgilandi.

«Tadbirkorlik sub’yektlarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.

Mazkur farmon bilan eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashning quyidagi qo‘shimcha choralarini joriy etish nazarda tutilmoqda:

Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksportoldi moliyalashtirish uchun ajratiladigan resurslardan berilgan kreditlarni o‘z vaqtida so‘ndirib kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga amaldagi kreditning so‘ndirilgan qismiga mutanosib ravishda qo‘shimcha kreditlar ajratish imkoniyati yaratilmoqda. Amaldagi qonunchilikka muvofiq Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan berilgan kreditni to‘liq so‘ndirmagan eksport qiluvchiga moliyaviy resurslar ajratilmasligi belgilangan.

2024 yil 1 yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Misr va Marokash davlatlariga gazlama va trikotaj mato mahsulotlarini eksport qilishda transport xarajatlarining 70 foizgacha miqdorida kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, 2022 yil yanvar-noyabr oylarida 133 mln dollarlik, shundan Yevropa davlatlariga 20 mln dollar, Turkiyaga 3 mln dollarlik gazlama eksport qilingan.

Paxta, kungaboqar, makkajo‘xori va soya yog‘idan tashqari barcha o‘simlik yog‘larini eksport qilishga ruxsat beriladi.

Mavzuga oid
Top