15:11 / 03.01.2023
8524

MDHga raislik Qirg‘izistonga o‘tdi

Qirg‘iziston 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab MDHga raislikni o‘z zimmasiga oldi.

Foto: Kun.uz

Hamdo‘stlik davlat rahbarlari Kengashining 2022  yil 14 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra, Qirg‘iziston 2023 yil davomida MDH Davlat rahbarlari kengashi, Hukumat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Iqtisodiy kengash, boshqa tuzilmalariga ham raislik qiladi.

Qozog‘iston (2022 yilda raislik qilgan) va Rossiya (2024 yilda raislik qiladi) hamrais bo‘ladi.

Prezident Sadir Japarov Ostonada bo‘lib o‘tgan MDH sammitida Qirg‘izistonning 2023 yildagi raisligining ustuvor vazifalarini taqdim qilgan edi. Qirg‘iziston tomoni raislik davrida Hamdo‘stlik makonida ko‘p bosqichli integratsiya tuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish orqali MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida bir-birining manfaatlarini o‘zaro hurmat qilishga asoslangan yaxshi qo‘shnichilik va ishonchli munosabatlarni mustahkamlashga katta e’tibor qaratadi.

2022 yil 14 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Ostona sammitida Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi lavozimini 2023 yildan «MDH Bosh kotibi» lavozimiga o‘zgartirish to‘g‘risida  qaror qabul qildi.

Ushbu sammitda Sergey Lebedevning Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi rahbari sifatidagi vakolatlari yana uch yilga uzaytirildi.

Top