Jamiyat | 14:21 / 04.01.2023
16138
2 daqiqa o‘qiladi

“Nogiron akamni go‘dakdek parvarishlardim, endi o‘zim bemorman” - oilaning yolg‘iz boquvchisi buyrak dardidan azobda

Boburning akasi nogiron, qo‘l oyoqlari ishlamaydi. Uni parvarishlab kelayotgan Boburning o‘zi bugun yordamga muhtoj. Ikki oy avval unda ikkala buyrak yetishmovchiligi aniqlandi.

“Akam yigirma to‘rt yildan beri yurmaydi. Birovning qaramog‘iga muhtoj. Unga o‘zim qarardim. Xastalik sabab o‘zim ham yordamga muhtoj bo‘lib qoldim. Qarindosh-urug‘larimiz yo‘q. Onam 9 avval olamdan o‘tgan. Otamiz yo‘q”, - deydi Bobur Normatov o‘kinch bilan.

Bobur oilaning yolg‘iz boquvchisi. Uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bor. Ayoli bir tomondan turmush o‘rtog‘ining ahvolidan qayg‘ursa, bir tomondan farzandlari yetim qolishidan xavotirda.

“Bormagan shifokorimiz qolmadi. Har uch kunda gemodializga boradi. Kechasi bilan nafasi qisib uxlolmay chiqadi. O‘ta og‘ir kasallik ekan. Boshimizga birdaniga keldi. Boquvchimiz yolg‘iz xo‘jayinim edi.

O‘zim ishlay desam, bir tomondan qayniakam qarovga muhtoj, bir tomondan bolalarim yosh. Tojikistondagi xorijiy klinikada operatsiya qildirmoqchimiz. Analiz natijalari, donor hamma narsa tayyor. Faqat moddiy tomondan qiynalyapmiz. Farzandlarim yetim bo‘lib qolishidan qo‘rqyapman”, - deydi Dilobar ko‘z yoshlarini yashirolmay.

Boburga yordam berish biryo‘la ikki bemorning hayotini saqlab qolish, ikki go‘dakning yetimlik azobidan asrash demakdir. Shunday ekan, ularning madadga muhtoj iltijolari javobsiz qolmasligi tayin.

Bobur Normatovga oid ma’lumotlar (kartalar bemor nomida):

Humo: 9860 0824 8941 6766

Visa: 4073 4200 4217 8792

Manzil: Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, "Toshkent" MFY, Kosonsoy ko‘chasi, 40-uy, 17-xonadon.

Mavzuga oid