14:30 / 06.01.2023
6116

O‘zbekiston vakili Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi vitse-prezidentligiga saylandi

Qatar poytaxtida Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi (OOAF) navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: Dunyo

Unda O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari, mamlakat Og‘ir atletika federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov keyingi to‘rt yillik muddatga AWF vitse-prezidentligiga saylandi.

Yig‘ilish davomida OOAF amaldagi rahbari Yusuf al Mana AWF prezidentligi lavozimini saqlab qoldi. Saudiya Arabistonidan Muhammad Alxarbi bosh kotiblik vazifasiga saylangan bo‘lsa, xitoylik Men Bo, Janubiy Koreya vakili Sung Yong Choy va o‘zbekistonlik Shahrullo Mahmudov tashkilot vitse-prezidentlari etib saylandi. 

Ovoz berish jarayonida Shahrullo Mahmudov eng ko‘p ovoz to‘plashga erishdi. OOAF hisobot-saylov jarayonida bevosita ishtirok etgan delegatlarning 42 nafari o‘zbekistonlik sport mutaxassisini yoqlab chiqdi. 

OOAF 11 nafardan iborat yangi saylangan ijroiya qo‘mitasi tarkibi tasdiqlandi. Ular joriy yil Xitoyda o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlari, «Parij-2024» Olimpiadasi hamda to‘rt yillik muddat davomidagi qit’a va jahon chempionatlarida AWF'ning rahbarlari sifatida og‘ir atletika musobaqalariga rahbarlik qiladi.   

Top