Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg dunyo milliarderlarining yangi reytingini e’lon qildi
Louis Vuitton brendi egasi Bernar Arno reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bloomberg uning boyligini 192,9 mlrd dollarga baholadi. Ilon Mask 169 mlrd dollar bilan ikkinchi, Jyeff Bezos 129 mlrd bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Bill Geyts, Uorren Baffet va Larri Ellisonning boyligi ham 100 mlrd dollardan oshadi.

Bernar Arno / Foto: Eric Piermont
Bloomberg dunyo milliarderlarining yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.
Nashr talqiniga ko‘ra, Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) kompaniyalar guruhi prezidenti Bernar Arno 191 mlrd dollar bilan reytingda birinchi o‘rinni egallagan. Uning boyligi hisobot davrida 29 mlrd dollarga ko‘paygan.
Ikkinchi o‘rinni SpaceX asoschisi va Tesla bosh direktori Ilon Mask band etgan. Maskning boyligi 169 mlrd dollarni tashkil etgan.
Amazon asoschisi Jyeff Bezos esa 129 mlrd dollarlik boyligi bilan uchinchi o‘rindan joy oldi. Uning boyligi o‘tgan davr mobaynida 8 mlrd dollarga oshgan.
Bloomberg talqiniga ko‘ra, Top-10 milliarderlar
- Bernar Arno, Fransiya, 191 mlrd dollar, LVMH
- Ilon Mask, AQSh, 169 mlrd dollar, Tesla, SpaceX
- Jyeff Bezos, AQSh, 129 mlrd dollar, Amazon
- Bill Geyts, AQSh, 113 mlrd dollar, Microsoft
- Uorren Baffet, AQSh, 108 mlrd dollar, Berkshire Hathaway
- Larri Ellison, AQSh, 103 mlrd dollar, Oracle
- Larri Peyj, AQSh, 92,7 mlrd dollar, Google
- Stib Balmer, AQSh, 90,2 mlrd dollar, Microsoft
- Sergey Brin, AQSh, 89,1 mlrd dollar, Google
- Karlos Slim, Meksika, 85,7 mlrd dollar, Grupo Carso
Shuningdek, Rossiyaning USM Holdings Limited kompaniyasi egasi, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov ushbu ro‘yxatda 81-o‘rinda qayd etilgan. Uning boyligi yil davomida 1,26 mlrd dollarga ko‘payib, 19,7 mlrd dollarga yetgan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

18:02 / 14.07.2025
SpaceX Maskning sun’iy intellekt kompaniyasiga 2 mlrd dollar investitsiya kiritadi

21:29 / 10.07.2025
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi

22:16 / 09.07.2025
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi

17:42 / 09.07.2025