Jamiyat | 12:16 / 03.02.2023
17926
5 daqiqa o‘qiladi

“Bolam ko‘rmasin” deb yig‘lolmaymiz ham” - kichik vujudida katta dardni ko‘tarib yurgan norasidalar

Darddan azob chekayotgan bolasining ko‘ziga qarab turib yordam bera olmaslik qanchalar og‘ir bo‘lsa, ota-onasining imkoni yo‘qligini ko‘rib, sezib turish bola uchun ham shunchalar qiyin.

Mitti vujudidagi oqqon kasalligi bilan kurashayotgan bolajonlar uchun davo muolajasini boshdan o‘tkazish ham oson emas. Lekin shu muolaja uchun ota-onasi mablag‘ topolmay qiynalayotganini ko‘rish yanada og‘riqli.

“Aya, o‘lgim kelmayapti”

Jahongirning ahvoli shu darajada og‘ir ediki, doktorlar Toshkentgacha yetib kelishiga ham gumon qilishdi. Lekin Surxondaryoda olib qolishning ham foydasi bo‘lmadi.

“Ahvoli shu darajada ediki, ta’riflab berolmayman. Xudoga shukr, bir amallab poytaxtga yetib keldik. Davolandi, mana hozir to‘rtinchi kursdamiz. Shu holatga yetib kelishi ham oson bo‘lmadi. Ahvoli og‘irlashib, necha marotaba reanimatsiyaga tushib qoldi”, deydi Dildora opa ko‘z yoshlarini tiyolmay.      

Besh oylik chaqalog‘ini tashlab, katta o‘g‘li Jahongirni davolatishga olib ketgan onaizor kichik farzandining yoshiga to‘lishini ham, eng shirin davrlarini ham ko‘rolmaganidan o‘kinadi. Jahongirning “oyijon, men yashagim keladi, o‘lishni xohlamayman”, degan so‘zlari esa onaizorning yuragini yanada ko‘proq o‘rtaydi.

Jahongir Jo‘rayevga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0440 8893 7706 otasi Abulqosim Mahamadiyev nomida

Viza: 4073 4200 1009 2637 otasi Abulqosim Mahamadiyev nomida

Manzil: Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani, Zarbdor mahallasi, Yoshlik ko‘chasi 14-uy.

 

“Hamma narsamizni sotib bo‘ldik”

Elbek ham besh oydan beri gematologiyada davolanish muolajalarini oladi. Bir hafta shifoxonada bo‘lsa, bir hafda kvartirada turishadi.

“Hech kimning bolasi kasal bo‘lmasin ekan. Ichingizdan zardob o‘tadi, sirtingizga chiqarolmaysiz. Bolam ko‘rmasin deb yig‘lolmaysiz ham. Bir yoqda moddiy yetishmovchilik...

Barcha narsamizni sotib, kamiga kredit olib kelganmiz. Oyiga 400 dollardan kvartira turamiz. Dadasi kunlik ishlarga chiqib kelayotgan edi. Qor yog‘ib, havo sovib shunga ham chiqolmay qoldi. Birda yetib, birda yetqizolmay, dorixonalardan ham qarz bo‘lib ketdik”, deydi Elbekning onasi ko‘z yoshlarini artib.

Elbek Ergashevga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0423 8216 9463 otasi Oybek Hasanov nomida

Humo: 9860 0803 5273 9496 otasi Oybek Hasanov nomida

Manzil: Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani, Mingchinor mahallasi 37-uy.

“Olti yil deganda yetishgan bolam”

Shukrona ota-onasi uchun o‘zgacha aziz, suyukli. Chunki unga ota-onasi olti yil deganda tilab-tilab yetishgan. Endi bag‘rim to‘ldi, baxtim but bo‘ldi deyishganda, taqdirning ularga yana bir sinovi bor ekan. Qizaloqqa doktorlar oqqon tashxisini qo‘yishdi.

“Bu kasallikning nomini eshitganmiz-u, o‘zi qanday bo‘lishini hech o‘ylab ko‘rmagan ekanmiz. Tasavvurimga ham sig‘masdi. Hech bir ota-ona bilmasin, ko‘rmasin, bu dard bolasining boshiga tushmasin.

Juda qo‘rqinchli kasallik ekan. Tasvirlab berishni ham xohlamayman. Qayerda, qanday bunday bo‘ldi, o‘ylab o‘yimga yetolmayman. Allohning sinovi ekan, nasib qilsa buni ham yengib o‘tamiz”, deydi onaizor.

Shukrona Alijonovaga oid ma’lumotlar:

Humo: 9860 0601 2107 8830 otasi Shuhrat Ermatov nomida

Manzil: Namangan viloyati, Pop tumani, Sang qishlog‘i, Sohibkor ko‘chasi 72-uy.

 

“Ota-onamning meni davolatish uchun hech narsasi qolmadi”

Mo‘minjon o‘zi kichkina bo‘lsa-da, xastalik uni ulg‘aytirib qo‘ygandek, go‘yo. So‘zlari dardli, ko‘zlari o‘ychan. Uni faqat kasallik emas, balki ota-onasining moddiy ahvoli ham o‘yga toldirgan.

“Bu og‘riqlarni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman. Ko‘nglimni aynitadi, behalovat qiladi. Mart oyidan beri shifoxonadamiz. Ota-onamning meni davolatishga hech narsasi qolmadi. Hamma narsani sotdik.

Sog‘ayib ketsam, gematologiyaga katta-katta ehsonlar qilaman”, deydi Mo‘minjon.

 “Bolam o‘zi o‘qishga juda qiziqadi. Xastalikka chalinmasdan oldin til kurslariga borishni boshlagandi. Maktabda ham yaxshi o‘qiydi. Qaniydi, tezroq tuzalib, tengdoshlari qatori o‘ynab-kulib, maktabga borib kelsa”, deydi onaizor o‘kinch bilan.

Mo‘minjon Qosimovga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0610 9548 3961 onasi Mo‘tabar Qahhorova nomida

Manzil: Namangan shahri, “Dambog‘” MFY, 20A-uy.

Mavzuga oid