Jahon | 10:33 / 13.02.2023
5313
1 daqiqa o‘qiladi

Stoltenberg 2023 yil kuzida NATO rahbari lavozimini tark etish niyatida

Yyens Stoltenbergning NATO bosh kotibi sifatidagi vakolati allaqachon uch marta uzaytirilgan va u kuzda tugaydi. Alyans rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, u mandatni yangidan uzaytirish niyatida emas.

Foto: Reuters

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg o‘z lavozimini 2023 yilning kuzida tark etishi kerak. NATO matbuot kotibi Oana Lungesku 12 fevral, yakshanba kuni Bryusselda Stoltenbergning vakolati oktyabrgacha tugashi va «u mandatni yana uzaytirish niyatida emasligini» aytdi.

Avvalroq Welt am Sonntag gazetasi yuqori martabali diplomatik manbalarga tayanib, Stoltenberg o‘z lavozimida 2024 yilning apreligacha, NATO tashkil topganining 75 yilligi nishonlanadigan vaqtgacha qolishi kerakligini xabar qilgan edi. Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, NATOga a’zo 30 ta davlat Ukrainadagi urush fonida alyans rahbariyatidagi barqarorlik uchun amaldagi bosh kotibning vakolat muddatini uzaytirishga norasmiy ravishda rozi bo‘lgan.

Yyens Stoltenberg 2014 yildan beri NATO rahbari bo‘lib kelmoqda, uning vakolati allaqachon uch marta uzaytirilgan, oxirgi marta - Ukrainada Rossiya urushi boshlanganidan ko‘p o‘tmay, 2022 yilning martida, muddati esa 2023 yil 30 sentabrda tugaydi.

Mavzuga oid