O‘zbekiston | 20:53 / 14.02.2023
12652
2 daqiqa o‘qiladi

OTMda kontrakt to‘lash muddati 15 martgacha uzaytirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 15 martga qadar uzaytirilgani haqida xabar berdi.

«Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023 yilning 15 marti etib belgilandi», deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, qaror bilan 2023 yil 20 yanvardan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.

Yanvar oyi boshida vazirlik to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 20 yanvarga qadar uzaytirilgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid