O‘zbekiston | 17:45 / 14.02.2023
13934
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda talabalar soni 1 milliondan oshdi

Oliygohlar soni esa 191 taga yetgan. Talabalarning 52 foizi – yigitlar, 48 foizi – xotin-qizlar.

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda 2022/23 o‘quv yili boshlangan paytda talabalarning umumiy soni 1 040 400 nafarga yetgan. Bu haqda Statistiga agentligi ma’lum qildi.

Talabalarning 544 800 nafari yigitlar, 495 600 nafari esa xotin-qizlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

2021 yilning 1 yanvar holatiga YuNeSKOning Statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan o‘quv yilida O‘zbekistonda talabalarning soni 808 ming 400 nafar ekani ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid