Jahon | 09:06 / 17.02.2023
4555
1 daqiqa o‘qiladi

Slovakiya parlamenti Rossiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat deb tan oldi

Slovakiya parlamenti Rossiya rejimini terroristik, Rossiyani esa terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat sifatida tan oldi. Bu payshanba kuni qabul qilingan rezolyutsiyada aytiladi, deya xabar beradi Slovakiya Respublikasi Milliy assambleyasi matbuot xizmati. 

Foto: Shutterstock

Hujjatda deputatlar Rossiyaning tinch aholiga, fuqarolik obektlariga va asosiy energetika tuzilmalariga qarshi keng ko‘lamli hujumlarini qoraladilar, shuningdek, Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar

Rezolyutsiyada Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita tahdidlari qoralanadi. 

Bundan tashqari, Slovakiya parlamenti Rossiya tajovuzkorligi, insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlarini ta’qib qilish uchun maxsus tribunal yaratish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

Mavzuga oid