Jahon | 13:52 / 18.02.2023
12422
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bo‘ylab havo trevogasi sirenalari ishlab ketdi

Foto: AP

18 fevral kuni ertalab Ukraina hududining aksariyat qismida bir soatdan ortiq davom etgan havo trevogasi e’lon qilindi

Bir qator ommaviy axborot vositalari Qora dengizdan uchirilgan raketalar haqida xabar tarqatdi. 

G‘arbiy va bir qator janubiy viloyatlardan tashqari butun Ukraina bo‘ylab trevoga sirenalari eshitildi.

«2 ta tushunarsiz nishon mintaqani shimoli-g‘arbda tark etmoqda», - deb xabar berdi, xususan, Mikolayiv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim. 

Unga ko‘ra, obektlar g‘arbga uchib ketgan. Xarkiv harbiy garnizoni boshlig‘i Sergey Melnik Feodosiya viloyatidan g‘arbiy yo‘nalishda oltita «Kalibr» raketasi uchirilganini ma’lum qildi. 

Xmelnitskiy harbiy ma’muriyati rahbari Gamaliy shaharda ikkita portlash sodir bo‘lganini xabar qildi.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining Facebook'dagi qisqacha xabariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida Ukraina mudofaa kuchlari 20 ta aholi punkti hududlarida Rossiya qo‘shinlarining hujumlarini qaytardi. 

«Dushman kun davomida 10 ta raketa va 29 ta havo zarbasi berdi, yalpi o‘t ochish reaktiv tizimidan 69 ta hujum uyushtirdi. Rossiyaning keyingi raketa zarbalari xavfi butun Ukraina bo‘ylab juda yuqoriligicha qolmoqda», — deyiladi xabarda. 

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida «bosqinchilarning hujumlari Xarkiv viloyatining Gryanikovka va Sinkovka, Stelmaxovka, Chervonopopovka va Kreminnaya — Luhanskda va Donetsk viloyatidagi Viyemka, Fedorovka, Dubovo-Vasilevka, Rozdolovka, Paraskoviyevka, Berxovka, Baxmut, Ivanovskoye, Chasov Yar, Veseloye, Vodyanoye, Marinka, Pobeda, Novomixaylovka va Vuhledar aholi punktlari hududlarida qaytarildi. 

Mavzuga oid