BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainaga bordi
U prezident Volodimir Zelenskiy bilan uchrashadi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainaga bordi. 8 mart kuni u Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Bu haqda BMT bosh kotibi vakili o‘rinbosari Farxon Haq ma’lum qildi.
«Bosh kotib bugun ertaroq Polshaga yetib bordi, u yerdan Ukrainaga o‘tdi. So‘ngra prezident Zelenskiy bilan uchrashish uchun Kiyevga yo‘l oldi», dedi Farxon Haq.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Antonio Guterrish Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin bilan telefon orqali suhbatda Kiyevga tashrifi haqida ogohlantirgan. Farxon Haq, shuningdek, BMT Bosh kotibi Moskvaga borish niyatida emasligini ta’kidladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik siyosatchilar don bitimi muddatini uzaytirish masalasini muhokama qilishini aytdi. Reuters xabariga ko‘ra, Ukraina don shartnomasini kengaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
15:13 / 21.12.2024