Jahon | 10:03 / 08.03.2023
7629
2 daqiqa o‘qiladi

Huquq himoyachilari Belarusda merganlar hibsga olinayotgani haqida xabar berdi

«Vesna» inson huquqlari markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Belarusda qo‘lga olinganlar orasida o‘q otish bo‘yicha chempionat ishtirokchilari ham bor. Taxminlarga ko‘ra, hibsga olishlar Machulishchi aerodromidagi portlashlar bilan bog‘liq. Lukashenko diversiya faktini tasdiqladi.

Foto: Pixabay

Belarus huquq himoyachilari Minskda mergan sportchilar hibsga olinganidan xabar topishdi. 7 mart, seshanba kuni «Vesna» inson huquqlari markazi xabar berganidek, hibsga olinganlar orasida o‘q otish bo‘yicha bir qancha respublika chempionatlari ishtirokchisi ham bor. Hibsga olish sababi noma’lum, biroq yaqinlarining fikricha, bu Machulishchidagi qo‘poruvchilik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda «Vesna» Telegram-kanali.

«Nasha Niva» nashriga ko‘ra, bir necha kun ichida Belarus davlat xavfsizlik idoralari o‘nlab merganlar klublari vakillarini, straykbolchilarni hibsga olishgan, ular «Yakutik» laqabli odam bilan «tanish ekani bo‘yicha so‘roq qilinmoqda». «Biz ommaviy reydlar tafsilotlarini bilmaymiz. Signallar bir-biriga zid va hech qanday tafsilotlarsiz kelmoqda», - deya qayd etadi «Nasha Niva». Shu bilan birga, nashr hibsga olinganlarning bir qismi KGBdan bir necha kundan so‘ng ma’lumotni oshkor etmaslik haqidagi tushuntirish xati asosida ozod qilinganidan xabar topdi.

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko 7 mart kuni davlat mukofotlarini topshirish marosimida huquq-tartibot idoralari xodimlari Machulishchi aerodromida Rossiyaning A-50 razvedka samolyotini portlatishda gumon qilib, 20 dan ortiq odamni qo‘lga olganini ma’lum qildi. Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Minsk yaqinidagi Borovlyani qishlog‘i yonida qo‘lga olingan asosiy gumondor Rossiya va Ukraina fuqaroligiga ega, Qrimda yashagan, Krivoy Roh shahrida tug‘ilgan, «Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollangan». Lukashenkoning ta’kidlashicha, qo‘poruvchilikni maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan ukrainalik «terrorchi» amalga oshirgan.

Mavzuga oid