21:18 / 04.04.2023
17849

O‘zbekiston fevral oyida oltin zaxirasini ko‘paytirdi 

Markaziy bank 8,1 tonna oltin sotib oldi. 

Foto: Andreas Gebert / Bloomberg

World Gold Council (WGC) dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning fevral oyida jahon markaziy banklari oltin-valuta zaxirasi uchun 51,7 tonna oltin sotib olgan. 

Fevral oyida eng yirik davlat oltin xaridorlari Xitoy (24,9 tonna) va Turkiya (22,5 tonna) bo‘ldi. O‘zbekiston (8,1 tonna), Singapur (6,8 tonna) va Hindiston (2,8 tonna) ham zaxiralarni oshirdi. Eng ko‘p sotuvchi Qozog‘iston (13,1 tonna) bo‘ldi. 

Jahon markaziy banklaridagi oltin zaxiralari ketma-ket o‘n birinchi oy davomida o‘sib bormoqda. Yanvar oyida ular 73,7 tonna oltin sotib olgan edi. 

Top